Kundalik uy yumushlari, homiladorlik davri va gormonal o‘zgarishlar ayollarda umurtqa pog‘onasi kasalliklarini keltirib chiqaruvchi asosiy omillardir. Mutaxassislar ogohlantiradi: Ayollar o‘zlariga bilinmagan holda «ko‘rinmas yuk»larni tashimoqdalar.
Bel og‘rig‘i va churrasi (grija) bugungi kunda eng keng tarqalgan muammolardan biridir. Biroq, so‘nggi tadqiqotlar va shifokorlar kuzatuvi shuni ko‘rsatadiki, bu kasallik erkaklarga qaraganda ayollarda ko‘proq uchraydi va og‘irroq kechishi mumkin.
Mavzu yuzasidan «Umurtqa pog’onasi endoskopiyalik markazi» yetakchi mutaxassisi, neyroxirurg Dr. Fayzullaxon Shukurov o‘z fikr-mulohazalari va tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi.
Nega ayollar «nishon»da?
Dr. Fayzullaxon Shukurovning ta’kidlashicha, ayollar anatomiyasi va turmush tarzi umurtqa pog‘onasiga tushadigan yuklamani oshiradi. Asosiy sabablar quyidagilar:
Homiladorlik va Onalik: Homiladorlik davrida qorinning kattalashishi tananing og‘irlik markazini o‘zgartiradi, bu esa bel umurtqalariga katta bosim beradi. Tug‘ruqdan so‘ng esa bolani tez-tez ko‘tarish, emizish uchun noto‘g‘ri holatda o‘tirish disklar yemirilishiga olib keladi.
«Ko‘rinmas» uy ishlari: Changyutgichdan foydalanish, pol artish, og‘ir bozor xaltalarini ko‘tarish yoki mebellarni surish — bularning barchasi umurtqa uchun jiddiy sinovdir.
Gormonal o‘zgarishlar: Menopauza davrida suyak to‘qimasining mo‘rtlashishi (osteoporoz) ayollarda umurtqa barqarorligini buzadi.
Poyabzal tanlovi: Baland poshnali tuflilar chiroyli ko‘ringani bilan, belning tabiiy egilishini buzib, diskka tushadigan bosimni ikki barobar oshiradi.
Qaysi belgilar xavfli?
«Umurtq pog’onasi endoskopiyalik markazi» shifokorlari ayollarni quyidagi belgilarga befarq bo‘lmaslikka chaqiradi:
Bel sohasida simillovchi yoki o‘tkir og‘riq;
Og‘riqning dumba va oyoqqa tarqalishi;
Oyoqlarda holsizlik yoki uvishish hissi;
Harakatlanganda yoki egilganda «tok urgandek» og‘riq paydo bo‘lishi.
«Ko‘p ayollarimiz ‘o‘tib ketadi’ deb og‘riqqa chidab yuraveradilar. Afsuski, bizga murojaat qilishganda kasallik ancha o‘tkazib yuborilgan bo‘ladi. Vaholanki, vaqtida qilingan tashxis bilan jarrohliksiz ham davolash mumkin,» — deydi Dr. Fayzullaxon Shukurov.
Davolash va Yechim
Agar churra (grija) aniqlansa, darhol vahima qilish kerak emas. Dr. Fayzullaxon Shukurovning aytishicha, zamonaviy tibbiyot katta kesmalarsiz yechim taklif qiladi.
«Markazimizda qo‘llaniladigan endoskopik usul orqali biz grijani atigi kichik bir teshikcha orqali olib tashlaymiz. Bu usul ayollar uchun ayniqsa qulay — kosmetik jihatdan chandiq qolmaydi, tiklanish juda tez va kelajakda farzand ko‘rishga hech qanday to‘sqinlik qilmaydi,» — deya ta’kidladi mutaxassis.
Dr. Fayzullaxon Shukurovdan ayollarga 3 ta oltin maslahat:
Yukni to‘g‘ri ko‘taring: Yerdan biror narsa (yoki bolangizni) olayotganda beldan egilmang, tizzalarni bukib, cho‘qqaygan holda ko‘taring.
O‘zingizga vaqt ajrating: Bel va qorin mushaklarini mustahkamlovchi yengil mashqlarni kanda qilmang.
Og‘riqni tinglang: Agar belingizda noqulaylik sezsangiz, mutaxassis ko‘rigidan o‘tishni kechiktirmang.
Sog‘lig‘ingiz — oilangiz baxtidir. O‘zingigʻzni asrang!
Murojaat uchun: «Umurtqa pog’onasi endoskopiyalik markazi»
Konsultatsiyalar yozilish: +998-95-555-03-00
Mutaxassis: Dr. Fayzullaxon Shukurov


