Skip to main content

 

Zamonaviy tibbiyot mo‘jizasi: Bemorlar yillar davomida qiynagan og‘riqdan bor-yo‘g‘i 30 daqiqada xalos bo‘lishmoqda. «Umurtqa pog‘onasi endoskopiyalik markazi»da qo‘llanilayotgan yangi usul an’anaviy ochiq operatsiyalarni tarixga aylantirmoqda.

Ko‘pchilik insonlar bel va oyoq og‘rig‘idan shikoyat qiladilar, ammo «operatsiya» so‘zidan qo‘rqib, shifokorga borishni ortga suradilar. Oqibatda esa, oddiy churra (grija) oyoqlarning ishlamay qolishigacha olib kelishi mumkin. Biroq bugungi kunda bu qo‘rquvlarga o‘rin yo‘q.

Mavzu yuzasidan taniqli vertebrolog Dr. Fayzullaxon Shukurov bilan suhbatlashdik.

Kesmasdan, chandiqsiz davolash

Avvallari bel churrasini olish uchun umurtqa sohasida katta kesma qilinib, bemor haftalab to‘shakka mixlanib qolar edi. Dr. Fayzullaxon Shukurovning ta’kidlashicha, endilikda **»Umurtqa pog‘onasi endoskopik markazi»**da qo‘llanilayotgan endoskopik usul bu tushunchalarni butunlay o‘zgartirdi.

«Biz bemorning terisini kesmaymiz, shunchaki 0,7 sm o‘lchamdagi kichik teshikcha orqali kiramiz. Maxsus kamera (endoskop) yordamida churra aniq ko‘rinadi va nerv tomiri bo‘shatiladi. Bu jarayon xuddi zargarlik ishiga o‘xshaydi,» — deydi Dr. Fayzullaxon Shukurov.

Bemorlar uchun qanday afzalliklari bor?

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, ushbu markazda o‘tkazilayotgan amaliyotlarning eng katta yutug‘i — bu tezkor tiklanishdir.

Og‘riqsiz: Bemor operatsiyadan so‘ng darhol og‘riqdan xalos bo‘ladi.

Tezkor qaytish: Operatsiya qilingan kunning o‘zidayoq bemor yurib, uyiga ketishi mumkin.

Kosmetik effekt: Orqa tomonda katta chandiq qolmaydi, faqatgina kichik nuqta ko‘rinishidagi iz qoladi xolos.

Xavfsiz: Keksa yoshdagi va yurak kasalligi bor bemorlarda ham bemalol qo‘llash mumkin.

«Men yurib ketishimga ishonmagandim»

Markazga murojaat qilgan bemorlardan biri o‘z taassurotlari bilan bo‘lishdi:

«Yillar davomida belim og‘rirdi, oyoqlarim uvishib qolardi. Fayzullaxon Shukurovning qabuliga kelganimda, men nogironlik aravachasiga yaqin qolgan edim. Operatsiya atigi 40 daqiqa davom etdi. Ko‘zimni ochib, og‘riq yo‘qligini his qilganimdagi xursandchiligimni so‘z bilan tushuntirolmayman. Hozir o‘zimni qayta tug‘ilgandek his qilyapman.»

Vaqtni boy bermang

Dr. Fayzullaxon Shukurov suhbat yakunida barcha yurtdoshlarimizga murojaat qildi:

«Og‘riqqa chidamang va uni oddiy og‘riq qoldiruvchi dorilar bilan bosmang. Vaqtida qilingan to‘g‘ri tashxis va zamonaviy endoskopiya sizni to‘laqonli hayotga qaytaradi. Umurtqa pog‘onasi salomatligi — bu harakat erkinligi demakdir.»

Manzil: Umurtqa pog‘onasi endoskopiyalik markazi

Qabulga yozilish: +998-95-555-03-00

Яндекс.Метрика