Skip to main content

Bel grijasi – umurtqalar orasidagi yumaloq yostiqchalar, ya’ni disklar, zo’riqish va eskirish tufayli yirtilib chiqib, nerv ildizlarining siqilishiga olib keladigan holatdir.

Mutaxassislarning fikricha, bel churrasi ko’pincha og’ir yuk ko’tarish, to’satdan harakat qilish yoki uzoq vaqt davomida o’tirib ishlash kabi omillar tufayli yuzaga keladi. Noto’g’ri tana holati misol uchun ortiqcha tana vazni ,umurtqa pog’onasining salomatligiga salbiy ta’sir ko’rsatishi va bel churrasiga zamin yaratishi mumkin. Xususan, uzoq vaqt noto’g’ri holatda o’tirish yoki tik turish umurtqa pog’onasidagi yukning notekis taqsimlanishiga va disklarning eskirishiga olib kelishi mumkinligi isbotlangan. Bundan tashqari, qarish jarayoni bilan disklarning tabiiy tuzilishining buzilishi ham bel churrasi xavfini oshiradi. Genetik omillar, semizlik, chekish va ortiqcha tana vazni ham ushbu kasallikning rivojlanishiga hissa qo’shishi mumkin. Bemorlarning xolatini xisobga olib, davolash rejasi dorilar bilan davolash yoki jarrohlik usuli bo’lishi mumkin. Agar dorilar bilan davolashdan naf bo’lmasa yoki bel churrasining asosiy sababi umurtqa pog’onasi bilan bog’liq bo’lib, jarrohlik yo’li bilan bartaraf etilishi bunday xollarda vertebrolog yoki neyrogirurgga murojaat qilish kerak bo’ladi.

Яндекс.Метрика