Skip to main content

Bel, dumba va oyoqqa tarqaladigan og‘riqlar ko‘pincha to‘g‘ridan-to‘g‘ri bel churrasi (grija) bilan bog‘lanadi. Biroq, ko‘plab bemorlarda og‘riqning asl manbai ko‘zdan qochiriladi va noto‘g‘ri tashxislar tufayli odamlar keraksiz muolajalarga duch kelishadi.

Mutaxassis sifatida shuni ta’kidlamoqchimanki, ayniqsa uzoq vaqt o‘tirganda kuchayadigan va o‘rindan turayotganda bezovta qiladigan og‘riqlar xalq tilida «dumg‘aza og‘rig‘i» yoki tibbiyotda «koksidiniya» deb ataladigan muammoga ishora qilishi mumkin.

«Har bir bel va oyoq og‘rig‘i bel churrasi emas» Dumg‘aza sohasidagi muammolar faqat o‘sha joyning o‘zida og‘riq bermaydi. Og‘riq belga, dumbaga va hatto oyoqqa ham tarqalishi, ba’zida esa uvishish hissini ham keltirib chiqarishi mumkin. Bel churrasi (grija) bilan o‘xshash belgilar kuzatilgani uchun ko‘plab bemorlarga noto‘g‘ri «bel churrasi» tashxisi qo‘yiladi. Bu holat bemorlarning yillar davomida samarasiz davolanishiga va keraksiz aralashuvlarga sabab bo‘ladi.

Jarohatlar yillar o‘tib ham o‘zini ko‘rsatishi mumkin Dumg‘aza og‘riqlarining eng keng tarqalgan sabablari:

  • Yiqilishlar;
  • Avtohalokatlar;
  • Tug‘uruq paytidagi jarohatlar;
  • Uzoq vaqt kompyuter qarshisida o‘tirish;
  • Takrorlanuvchi mayda jarohatlar.

Yillar oldin sodir bo‘lgan oddiy yiqilish yoki zarba ham vaqt o‘tib surunkali og‘riqqa aylanishi mumkin. Ayniqsa, qattiq joyda o‘tira olmaslik, uzoq o‘tirgandan keyin og‘riqning kuchayishi va dumg‘aza sohasidagi sezuvchanlik — koksidiniyaning eng aniq belgilaridir.

Og‘riqni bosish yetarli emas: Butun tanani davolash shart Dumg‘aza og‘riqlarini davolashda faqat og‘riyotgan nuqtaga e’tibor qaratish yetarli emas. Muolaja jarayonida chanoq tuzilishi, mushaklar, paylar va asab tizimini birgalikda tekshirish lozim. Bizning maqsadimiz — shunchaki dori bilan og‘riqni vaqtincha bosish emas, balki og‘riqqa sabab bo‘layotgan mexanik va funksional muammolarni butunlay bartaraf etishdir.

Qo‘llaniladigan zamonaviy usullar:

  • Manual terapiya: Qo‘l yordamida muolaja qilish;
  • Neyroterapiya va Proloterapiya: Asab va bog‘lovchi to‘qimalarni tiklash;
  • Nuqtali inyeksiyalar: To‘g‘ridan-to‘g‘ri og‘riq manbasiga ta’sir qilish;
  • Miyofasyal bo‘shashtirish: Mushaklarni yengillashtirish;
  • Mashqlar va o‘tirish odatlarini to‘g‘rilash: Bemor uchun maxsus ishlab chiqilgan dastur.

Dumg‘aza og‘riqlari insonning kundalik harakatini cheklab, hayot sifatini tushirib yuboradi. Agar sizda uzoq davom etayotgan og‘riqlar bo‘lsa, uni aslo e’tiborsiz qoldirmang. To‘g‘ri baholash va mos keladigan davolash rejasi bilan juda yaxshi natijalarga erishish mumkin.

Fayzullaxon Nematullayevich Shukurov Ortoped-travmatolog va vertebrolog

 

 

 

 

 

 

Яндекс.Метрика